16:07 / 16.06.2016
5378

O‘zbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi xalqaro yig‘ilishida ishtirok etdi

Shu kunlarda BAAning Dubay shahrida Osiyo Paralimpiya Qo‘mitasining navbatdagi XIV Ijro qo‘mitasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur yig‘ilishda O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi Raisi o‘rinbosari Umid Axmatdjanov ishtirok etmoqda. 

Ushbu yig‘ilish mobaynida 2016 yildagi XV Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarliklari (Rio-De-Janeyro), 2018 yilda bo‘lib o‘tadigan Para-Osiyo o‘yinlari (Indoneyziya), Osiyo Paralimpiya Qo‘mitasining yillik xisoboti hamda Osiyo mintaqasida paralimpiya harakatini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqilmoqda. Ijro qo‘mitaning yig‘ilishi 18 iyunga qadar davom etadi.

Top