22:16 / 20.06.2016
6308

Kan Fransiya terma jamoasi o‘yinini jiddiy tanqid qildi

Germaniya terma jamoasining sobiq darvozaboni Oliver Kan Fransiya milliy terma jamoasi Yevropa chempionatida ko‘rsatayotgan o‘yinlarni tanqid ostiga olib o‘tdi.

Turnirning guruh bosqichidagi 3-turda «uchranglilar» Shveytsariya terma jamoasiga qarshi maydonga chiqib, nolli durang qayd etgan holda guruhni birinchi o‘rinda yakunladi.

«Men Fransiya terma jamoasi o‘yinini tushunmayapman. Ular qanday futbol o‘ynamoqchiligini tushuna olmayapman. Ular to‘pni nazorat qilishga asoslangan futbol ko‘rsatishga intilishmoqdami? Yoki mudofaadan tezlik bilan hujumga o‘tishmi ularning uslubi? Balki ular pressingga urg‘u qaratishgandir? Menimcha, Fransiya terma jamoasi o‘yini alohida futbolchilarga bog‘liq bo‘lib qolgan», — degan Kan ZDF uchun bergan intervyusida.

Manba: Tribuna.uz

Top