21:17 / 20.06.2016
3689

UYeFA Albaniya va Ruminiya uchrashuvi bo‘yicha intizomiy ish ochdi

UYeFA Yevropa chempionati guruh bosqichi 3-tur uchrashuvida ro‘y bergan hodisa yuzasidan Albaniya va Ruminiya milliy federatsiyalariga nisbatan intizomiy ish ochgan.

Tashkilot matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Albaniya va Ruminiya uchrashuvi vaqtida ruminiyalik muxlislar tomonidan pirotexnika qo‘llangan. Shuningdek, maydonga buyumlar tashlangan. Albanlar ham tribunada pirotexnika qo‘llashda ayblangan, shuningdek albaniyalik muxlislardan biri maydonga tushib ketgan.

Bu ishning ko‘rib chiqilishi muddati haqida aniq xabar qilinmagan.

20 iyung o‘tar kechasi bo‘lib o‘tgan uchrashuvda albaniyaliklar 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, o‘zlari ilk bor ishtirok etayotgan guruhda uchinchi o‘rinni egallashdi va keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini saqlab qolishdi. Mag‘lub bo‘lgan ruminlar uchun turnir yakunlandi.

Manba: Tribuna.uz

Top