17:21 / 23.06.2016
5841

Abdulaziz Komilov BMT bosh kotibi o‘rinbosari bilan uchrashdi

2016 yilning 23 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining o‘rinbosari Jyeffri Feltman bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bergan.

Jyeffri Feltman Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar rahbarlari Kengashining majlisi ishida qatnashish uchun O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi hamkorlikning holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Muloqot davomida mintaqaviy masalalarga hamda Orol dengizi ekologik fojiasi oqibatlarini yumshatish bo‘yicha ikki va ko‘p tomonlama dastur va loyihalarni amalga oshirishga alohida e'tibor qaratildi.

Uchrashuvda BMT Rezident-koordinatori, BMT Taraqqiyot dasturining doimiy vakili Stefan Prisner ishtirok etdi.

Top