13:35 / 23.06.2016
4988

Klichko Tayson Fyurini Hitlerga tenglashtirdi

Ukrainalik bokschi Vladimir Klichko  IBO, WBO va WBA yo‘nalishlarida chempionlik kamari sohibi Tayson Fyurini Adolf Hitlerga tenglashtirdi.

«Men bu, tilini tiyolmaydigan axmoqni yerga qulataman. Uning ayollar, yahudiylar haqidagi gaplaridan hayratga tushdim. U Hitlerga o‘xshaydi. Gapirishi ham shunaqa. U - imbetsil»,- deydi Klichko.

Ta'kidlash joiz, o‘tgan yilning 28 noyabrida Klichko Germaniyada o‘tgan chempionlik jangida barcha kamarlarini angliyalik Fyuriga yutqazib qo‘ygandi. Ikki bokschi o‘rtasidagi revansh shu yilning 9 iyul kuni Manchesterda bo‘lib o‘tadi.

Manba: Tribuna.uz

Top