02:50 / 26.06.2016
10427

Yevro-2016. Portugaliya qo‘shimcha taymlarda g‘alabani ilib ketdi

Yevropa chempionatida uchinchi chorak finalchi ham aniqlandi. Lansda Portugaliya hamda Xorvatiya terma jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishdi. O‘yinning asosiy vaqtida hisob ochilmadi. Qo‘shimcha taymlarning ikkinchisi o‘tib borayotganda esa Rikardo Kuarejma faoliyatidagi eng muhim golni urib jamoasini chorak finalga olib chiqdi. Endi chorak finalda Portugaliya Polshaga qarshi o‘yinda maydonga tushadi.

Yevro-2016.1/8 final
Xorvatiya-Portugaliya 0:1
Gol:
Kuarejma (116)

Top