12:31 / 27.06.2016
6089

Xitoyning Alipay tizimi Germaniyaning Wirecardini xarid qilmoqda

Jahondagi yirik onlayn chakana savdo kompaniyalaridan biri Alibabaning Alipay elektron to‘lov tizimi Germaniyaning shu sohada faoliyat yurituvchi Wirecard kompaniyasining 25 foiz aksiyalarini xarid qilish niyatida. Bu haqda, China Daily nashri xabar qilmoqda. 

Nashrning yozishicha, ikki tomon ham bitimga qiziqish bildirishgan. Alipay Wirecard tajribasiga ehtiyoj sezayotgan bo‘lsa, nemis kompaniyasi yirik sarmoyadorga muhtojdir". Biroq, hozircha tomonlar mazkur xabarga izoh berishgani yo‘q, deb ta'kidlaydi gazeta. 

China Dailyning qayd etishicha, Alibaba kompaniyasi strategiyasida Yevropa mamlakatlariga jiddiy e'tibor qaratilgan. 

"Biz, Janubi-Sharqiy Osiyo, Rossiya va Yevropa kabi mintaqalarga qiziqmoqdamiz", - degan edi Alibaba asoschisi Jyek Ma.

Alipay xizmati 2004 yilda tashkil etilgan bo‘lib, undan 300 mlnga yaqin odam foydalanadi. Har kuni, 45 mln atrofida to‘lov amalga oshiriladi. Hozirgi vaqtda, Alipay 180ta bank bilan hamkorlik qiladi. 

Foto:Xinhua

 

Mavzuga oid
Top