17:56 / 27.06.2016
3517

«Manchester Yunayted» Mxitaryan bilan 4 yillik shartnoma xususida kelishuvga erishdi

«Manchester Yunayted» Dortmundning «Borussiya» jamoasi yarimhimoyachisi Genrix Mxitaryan bilan kelishuvga erishgan. Bu haqda Ruhr Nachrichten ma'lumot tarqatgan.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, yaqin vaqtlar ichida armanistonlik futbolchi «qizil iblislar» jamoasi bilan 4 yillik shartnomaga imzo chekadi. Uning yangi jamoadagi yillik maoshi miqdori 12 mln yevroni tashkil qiladi. Manchesterliklar klubi rahbariyati futbolchilar uchun dortmundliklar klubiga 32-36 mln yevro to‘lashi aytilgan.

Dortmundliklar Mxitaryanning o‘rniga yangi futbolchi izlashni boshlagan. Bu o‘ringa asosiy da'vogar sifatida «Volfsburg» a'zosi Andre Shyurrle nomzod bo‘lib turibdi. Lekin «bo‘rilar» jamoasi Germaniya terma jamoasiga nomzod bo‘lgan bu futbolchisini qo‘yib yubormoqchi emas.

Mxitaryan o‘tgan mavsumda bundesliganing 31 uchrashuvida maydonga tushgan va 11 gol urib, 15 marta golli uzatma muallifi bo‘lgan.

Top