04:43 / 28.06.2016
4762

Angliya terma jamoasiga Garet Sautgeyt yangi bosh murabbiy bo‘lishi mumkin

Yevropa chempionatidagi muvaffaqiyatsizlikdan keyin Angliya terma jamoasi bosh murabbiyligini tark etgan Roy Hojsonning o‘rniga nomzodlar nomi aytila boshlandi.

68 yoshli Hojson Islandiyaga qarshi o‘yindan keyin Angliya futbol assotsiatsiyasiga o‘z iste'fosi haqida ma'lum qildi.

Uning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan nomzodlar orasida Garet Sautgeyt nomi birinchi bo‘lib tilga olinmoqda.

Ayni vaqtda 45 yoshda bo‘lgan Sautgeyt deyarli 10 yil davomida Angliya terma jamoasi safida o‘ynagan. U 1996 yilgi Yevropa chempionatida jamoa bilan bronza medallarga ega chiqqandi.

2006 yildan 2009 yilgacha «Midlsbro» jamoasida ishlagan Sautgeyt ayni damda Angliya yoshlar terma jamoasida bosh murabbiy hisoblanadi.

Shuningdek, Eddi Xau ("Bornmut" bosh murabbiyi), Arsen Venger ("Arsenal") va Alan Pardyu ("Kristal Pelas") kabi mutaxassislar ham nomzodlar qatorida.

Manba: Tribuna.uz

Top