Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NYT: Brexit Texas ayirmachilarini ruhlantirdi
Buyuk Britaniyaning YeI tarkibidan chiqishi borasida o‘tkazilgan referendumning "ajoyib" natijasi, Texas shtati ayirmachilarini ham AQShdan chiqish g‘oyasi borasida ruhlantirib yubordi, deb yozmoqda The New York Times gazetasi.
Qayd etilishicha, Texas shtatidagi ayirmachilik kayfiyati ancha vaqtdan beri yetilib kelmoqda. Britaniya referendumi natijasi bu mavzuni ijtimoiy tarmoqlarning eng ko‘p muhokama qilinayotgan masalasiga aylantirgan. Hatto, maxsus #Texit nomli xeshtegi ham tashkil etilgan.
Bundan tashqari, texasliklar AQShning shtatsiz xaritasini hamda gubernatorga choralar ko‘rishni talab qilgan chaqiriqlarini e'lon qilishmoqda.
NYTning yozishicha, Brexit shuningdek, Yangi Angliya mintaqasidagi unchalik ham jiddiy bo‘lmagan ayirmachilik harakatlarini ham jonlantirib yuborgan. Xususan, referendum natijalaridan so‘ng, bir guruh namoyishchilar, Nyu-Hempshir shtati Manchester shahrida NHexitni qo‘llab-quvvatlash maqsadida to‘planishgan. Vermont shtatining AQSh tarkibidan chiqishini ilgari suruvchi harakat ham faollashgan.
Biroq, bu kabi holatlarga qaramay, federal qonunchilik bironta shtatga AQShdan chiqish uchun rasmiy huquq yoki asos bermaydi.
Mavzuga oid
13:03
AQSh o‘z fuqarolarini Eronni zudlik bilan tark etishga chaqirdi
12:28
Tramp dorilarga chegirmalar taklif qiluvchi saytni ishga tushirdi
12:25
Abu-Dabida Ukraina, Rossiya va AQSh o‘rtasidagi muzokaralar yakunlandi
10:02