18:03 / 01.07.2016
5861

Turkiya TIV: Anqara bevosita IShID bilan urushmoqda

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavusho‘g‘lining so‘zlariga ko‘ra, Turkiya bevosita IShID terrorchilik guruhi bilan urush olib bormoqda, shu boisdan uning jangarilari nishoniga aylanmoqda, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti» agentligi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Suriyadagi vaziyat "ko‘p ham ijobiy emas", biroq mamlakatlar inqirozni siyosiy muzokaralar yo‘li bilan hal etish yo‘lida tinimsiz izlanishlari lozim. 

U shuningdek, BMT homiyligida Suriyaning manfaatdor tomonlari o‘rtasida muzokaralar tez orada tiklanishiga umid bildirgan. 

 

Foto:© AP Photo

Top