19:52 / 01.07.2016
4855

Uels-Belgiya. Beylmi yoki Azar?

Bugun Yevropa chempionatining ikkinchi yarim finalchisi aniqlanadi. Toshkent vaqti bilan 23:55da boshlanadigan o‘yinda Uels hamda Belgiya terma jamoalari chorak final bahsida maydonga tushishadi.

Uels musobaqani «B» guruhida boshladi va birinchi o‘rinni egalladi. Beyl jamoasi guruhda Rossiya va Slovakiyani mag‘lub etishdi, Angliyaga esa imkoniyatni boy berishdi. Shu tariqa guruhda birinchi o‘rinni egallab chorak finalga yo‘l olishdi. Chorak finalda esa Uelsga Britaniyaning boshqa vakili Shimoliy Irlandiya to‘qnash keldi. O‘yinda uelsliklar 1:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Belgiya esa «E» guruhida musobaqani boshladi. Ular Irlandiya va Shvetsiyani mag‘lub etishdi. Birinchi turda esa Italiyaga imkoniyatni boy berishdi. Chorak finalda Belgiya Vengriyaga qarshi o‘ynab 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uels hamda Belgiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni tomosha qilish imkningiz bo‘lmasa, tribuna.uz saytida olib boriladigan matnli reportajni kuzatib boring.

Top