21:45 / 01.07.2016
5913

Uimbldonda tennischilar surati aks etgan qahvalar namoyish etildi

Uimbldon turnirida mashhur tennischilar surati aks ettirilgan qahvalar namoyish etildi, deb xabar bermoqda The Mirror. Masalan, kapuchinoda Endi Marreya, Rafael Nadal yoki Rojyer Federerning suratini ko‘rish mumkin.

Ushbu suratlarni Lavazza kompaniyasining The Ripple Maker qahvamashinasi aks ettirmoqda. Maxsus texnologiyalar yordamida suratlar 10 soniya ichida tayyor bo‘lmoqda.

Forbes’ning ma'lum qilishicha, musobaqaga tashrif buyurganlar qahvalarga o‘z selfilarini ham akslantirishlari mumkin.

Top