16:22 / 03.07.2016
7845

4 iyul kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlarida yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda

4 iyul kuni O‘zbekistonning tog‘li hududlarida, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutiladi. Bu haqda «O‘zgidromet» markazi xabar berdi.

Xabar berishlaricha, 4 iyulga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo harorati +10…+15 daraja, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida +18…+23 daraja, Toshkent shahrida +20…+22 daraja, qolgan hududlarda +20…+25 daraja iliq bo‘ladi.

4 iyul kuni kunduzi tog‘li joylarda havo harorati +20…+25 daraja, Farg‘ona vodiysi viloyatlari va Toshkent shahrida +35 darajagacha, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida +39 darajagacha, qolgan hududlarda +38 darajagacha issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida, shuningdek, O‘zbekistonning tog‘li hududlarida 4 iyulga o‘tar kechasi va 4 iyul kuni qisqa muddat yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Boshqa hududlarda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.

Foto: Facebook 

Top