Jahon | 13:44 / 03.07.2016
7137
1 daqiqa o‘qiladi
Bag‘doddagi terakt: Qurbonlar soni 80 kishi, terakt uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi
Iroq poytaxti Bag‘dod shahrining Karrada tumanidagi shialar ziyoratgohi yaqinida avtomobil portlatilishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 80 nafarni tashkil qilmoqda. Shuningdek, 100dan ortiq kishi jarohatlangani qayd etilgan.
Bungacha berilgan xabarlarda qurbonlar soni 24 nafar ekani aytilayotgandi.
Bag‘doddagi harbiy qo‘mondonlik vakili ma'lum qilishicha, minalashtirilgan mashina Karrada markazida, odamlar bayram tayyorgarligi uchun bozorlik qilayotgan chog‘da sodir etilgan.
Birinchi portlashdan keyinoq Bag‘dod sharqidagi bozor hududida joylashgan sharshara yaqinida yana bir minalashtirilgan avtomobil portlagan.
Mazkur portlashlar uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi.