01:36 / 05.07.2016
4641

Aleks Fergyuson: «Giggz mustaqil ishga tayyor»

“Manchester Yunayted”ning sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyusonning ishonishicha, Rayan Giggz ma'lum bir sabablarga ko‘ra, klubda qolishi mumkin edi, biroq u o‘zi mustaqil ishlashga tayyorlanmoqda. Avvalroq uelslik 42 yoshli Giggz murabbiylar shtabida Joze Maurino bilan ishlashni istamay va 29 yillik ish joyini tark etgani haqida xabar berilgan edi.

- Ayni damda murabbiylar shtabida o‘ziga ishongan yordamchi bo‘lsa kerak, bo‘lmasa Maurino Giggzni qo‘yib yubormagan bo‘lar edi. O‘ylaymanki, Rayan mustaqil ishlashga tayyor, - dedi Fergyuson.

Manba: Tribuna.Uz

Top