01:56 / 08.07.2016
9424

Fransiya Germaniyani turnirdan chiqarib yuborib, finalga yo‘l oldi

Yevropa chempionati yarim finalida turnir mezbonlari bo‘lmish Fransiya terma jamoasi amaldagi jahon chempionlari Germaniyaga qarshi maydonga chiqdi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limi nemislarning to‘liq ustunligi ostida o‘tdi. Lekin birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarning ikkinchisida Bastian Shvaynshtayger jarima maydonchasida qo‘li bilan to‘pga tegindi va italiyalik hakam 11 metrlik nuqtani ko‘rsatdi. Belgilangan jarima zarbasini fransuzlar to‘purari Antuan Grizmann aniq amalga oshirib, hisobni ochdi.

Ikkinchi bo‘lim boshi nemislar uchun ko‘ngilsiz boshlandi. Jamoaning asosiy himoyachisi Jyerom Boateng jarohat olib, maydonni tark etdi.

72-daqiqada Antuan Grizmann Noyyerning to‘pga chiqishdagi xatosidan keyin gol urib, ustunlikni oshirdi va turnirdagi gollarini 6taga yetkazib oldi - 2:0.

O‘yinda hisob o‘zgarmadi va Fransiya turnir finaliga chiqdi.

Endi Dide Desham shogirdlari 10 iyun kuni Portugaliyaga qarshi final bahsida maydonga tushishadi.

Germaniya – Fransiya 0:2 

Gollar: 0:1 – 45, penalti Grizmann, 0:2 – 72 Grizmann.
Germaniya – Noyyer, Xyovedes, Boateng (Mustafi, 61), Hektor, Kimmix, Jan (Gyottse, 67), Shvaynshtayger (Sane, 79), Kroos, O‘zil, Draksler, Myuller.
Fransiya – Loris, Koselni, Evra, Sanya, Umtiti, Pogba, Matyuidi, Payye (Kante, 71), Sissoko, Grizmann, Jiru (Jinyak, 78).
Ogohlantirishlar: Jan (36), Evra (43), Shvaynshtayger (45), O‘zil (45), Draksler (50), Kante (75).

Top