Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obama Dallasdagi otishma sabab Yevropa safarini yakunlaydigan bo‘ldi
AQSh prezidenti Dallasda qurbonlar politsiya xodimlari bo‘lgan qirg‘in sabab Yevropa safarini bir kun oldin tamomlaydigan bo‘ldi. U keyingi hafta Dallasga tashrif buyuradi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Joshua Ernest jurnalistlarga xabar bergan.
"Prezident (Obama) Dallas meri Maykl Roulingsning taklifini qabul qildi va keyingi hafta Dallasga tashrif buyuradi", - deyiladi xabarda.
Avval ma'lum qilinganidek, Obama Varshavada o‘tgan NATO sammitida qatnashdi. Shundan so‘ng u Madridga tashrif buyurib, Ispaniya qiroli Filipp VI va hukumatning boshqa a'zolari bilan uchrashishni rejalashtirgan edi. "Prezident Vashingtonga 10 iyul tunda qaytadi", - deyiladi Oq uy ma'lumotida.
Mavzuga oid
23:29 / 04.02.2026
AQSh Eronga hujum qilsa, nima bo‘ladi?
23:24 / 04.02.2026
Trampga suiqasd qilishda ayblangan shaxs umrbod qamoq jazosini oldi
22:14 / 04.02.2026
Ilon Maskning boyligi 800 milliard dollardan oshdi – Forbes
21:14 / 04.02.2026