18:10 / 10.07.2016
9537

Xalk Xitoydagi ilk uchrashuvini zambilda tark etdi

"Shanxay Shangan" jamoasining yangi hujumchisi Xalk debyut uchrashuvida gol urdi.

Xitoy chempionatining 16-turida "Xenan Tszyane" jamoasiga qarshi uchrashuvda maydonga tushgan braziliyalik futbolchi 9-daqiqadayoq o‘zini ko‘rsatishga muvaffaq bo‘ldi, ammo u 21-daqiqada jarohat oldi va almashtirildi. Uni zambilga ortgan holda maydondan olib chiqishgan.

Eslatib o‘tamiz, futbolchi "Zenit"dan 55,8 mln yevro evaziga "Shanxay Shangan" jamoasiga o‘tgandi va yozda amalga oshirilgan eng qimmatbaho transfer bo‘lib turibdi.

Top