Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 22:55 / 10.07.2016
4988
1 daqiqa o‘qiladi
Obama Oq uyning informatsion xavfsizligi darajasini oshirishga chaqirdi
AQSh prezidenti Barak Obama Oq uyning informatsion xavfsizligi darajasini oshirish zarurligini aytdi, deb xabar bermoqda RNS.
"Men bu masaladan juda xavotirdaman, bizda hammasi mukammal deb ayta olmayman. Yanada ham yaxshirok qilish va xatolarda o‘rganish kerak. Bizga Oq uyga avval qilingan xakerlik hujumlari haqida ma'lum", deb aytdi Obama.
Avvalroq kosovolik xaker IShID terrorchilik guruhi uchun minglab AQSh harbiylari va federal amaldorlari haqidagi shaxsiy ma'lumotlarni o‘g‘rilaganini tan olgandi.