12:09 / 11.07.2016
7152

Halabda 4 soat ichida jangarilarning 150dan ortiq raketasi portlagan

© RIA

Terrorchilar Halab shahrining aholi mavzelari va shahar markaziga o‘t ochishni kuchaytirgan. Xabarlarga ko‘ra, o‘tgan 4 soat mobaynida shaharda 150 dan ortiq raketa va snaryad portlagan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti agentligi ko‘ngillilar vakiliga tayangan holda. 

Halab shahri shifoxonasi xodimining so‘zlariga ko‘ra, tibbiyot muassasasiga Aziziya tumani va shahar hokimligi hududidan jabrlanganlar keltirilgan. Hozircha, qurbonlar va jarohat olganlar soniga oydinlik kiritilmagan. Ular orasida bolalar ham ko‘pchilikni tashkil etayotgani aytilmoqda. 

Qayd etish joizki, Suriya bo‘ylab 12 iyunga qadar e'lon qilingan o‘t ochishni to‘xtatish tartibiga qaramay, jangarilar 8 iyuldan, Halabning markaziy ko‘chalari va aholi turarjoylarini o‘qqa tuta boshlagan. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra,  ikki sutka ichida 44 kishi qurbon bo‘lib, 300dan ortiq odam og‘ir yaralangan. 

Halabdagi jangovar harakatlarning boshlanishiga qamalda qolgan jangarilarning birlashgan holda qurshovdan chiqishga urinishlari sabab bo‘lgan. 


 

Mavzuga oid
Top