18:45 / 11.07.2016
7591

Boltiqbo‘yida Rossiyaning Tu-214R ayg‘oqchi samolyoti kuzatildi

Rossiyaning Tu-214R josuslik samolyoti o‘tgan hafta mobaynida Estoniya, Latviya va Finlyandiya osmonida ikki marta qayd etilgan. Bu haqda, Estoniyaning Delfi portali Flightradar24 sayti kuzatuvlariga asoslangan holda xabar qilmoqda. Nashrning qayd etishicha, samolyot 5-,7-iyul kunlari Flightradar24 tomonidan qayd etilgan. 

Ayg‘oqchi havo kemasi Qozondagi aerodromdan ko‘tarilib, shimoliy shimoli-g‘arb tomonga parvoz qilgan. Kolsk yarimoroli osmonida qayrilib, Finlyandiya chegaralari bo‘ylab janub tomon parvozni davom ettirgan. Samolyot, Estoniya va Latviya chegaralari bo‘ylab ham uchib o‘tib, Qozonga qaytgan.
 
Flightradar24 ma'lumotlariga ko‘ra, gap RF-64514 haqida bormoqda. Bu havo kemasi Tu-214R rusumidagi ikkinchi samolyot bo‘lib, sinash uchun harbiylar ixtiyoriga berilgan. 

Radiotexnik va optik-elektron razvedka jihozlariga ega samolyot 2002 yili Tu-214 negizida ishlab chiqilgan. 

Top