Jahon | 19:24 / 11.07.2016
7711
2 daqiqa o‘qiladi

CNN: Suriya shimolida IShIDning 10 mingdan ziyodroq hujjati qo‘lga olindi

Foto: AP

Suriya muxolifati kuchlari bir necha reydlar davomida IShIDning 10 mingdan ziyodroq hujjatini qo‘lga oldi. Bu hujjatlarning dastlabki tahlili AQSh maxsus xizmatlariga terrorchilik guruhining tuzilishi, uning o‘ziga xos jihatlari hamda Suriya va Iroqdan tashqarida teraktlar amalga oshirish rejalari haqida yaxshiroq tasavvurga ega bo‘lishga imkon berdi. Bu haqda CNN telekompaniyasi ma'lum qildi

"Suriyalik arablar koalitsiyasi kuchi 10 mingdan ziyodroq hujjat, jumladan, qo‘llanma, tashqivot adabiyoti, xaritalar, uyali telefon, portativ kompyuter va raqamli tashuvchilar ichidagilarni qo‘lga oldilar. Bu axborotni o‘rganish IShIDning tuzilmasi va faoliyati usullarini yaxshiroq tushunish maqsadida o‘rganishda davom etilmoqda. Alohida e'tiborni Suriya va Iroqqa xorijiy jangarilar oqimini  ta'minlash tizimi tortadi", deb Iroq va Suriyada IShIDga qarshi kurashayotgan AQSh qo‘shinlari guruhining rasmiy vakili polkovnik Kristofer Garverning so‘zlarini keltirib o‘tdi telekompaniya.

AQSh maxsus xizmatlari IShIDning o‘z harakatlarini G‘arb davlatlari hududlarida teraktlarni amalga oshirishga qaratish rejalari haqida bilganlar, biroq ularga bu teraktlarni amalga oshirilishi muddati va maqsadi noma'lum bo‘lgan. 

Garver qo‘poruvchilik nishonlari sifatida aeroport va savdo markazlarining tanlanishini terrorchilik guruhining o‘zgarayotgan vaziyatga moslashishga urinishi deb atadi. "Bu zaiflik yoki umidsizlik alomati emas. Ular boshqacha usulda moslashmoqdalar", deb aytdi Garver.