07:56 / 12.07.2016
5264

Bayden saylovlarda ko‘pchilik amerikaliklar Klintonga ovoz berishini aytdi

Foto: CNN

AQSh vitse-prezidenti Jozef Bayden CNN telekanaliga bergan intervyusida Xillari Klintonning pochta yozishmalari bo‘yicha mojaro uning AQSh prezidenti lavozimiga poygadagi muvaffaqiyatiga ta'sir qilmasligini aytdi

Uning aytishicha, ko‘pchilik amerikaliklar noyabrdagi prezidentlik saylovlarida Klintonga ovoz beradilar.

"Donald Trampga qarang va u nima deyayotganini tinglang, so‘ngra o‘zingizdan "bu haqiqatmi" deb so‘rang. U o‘zi nima deyayotganini tushunadimi? Bu mening muammolarimdan birini hal qiladimi?", deb aytdi Bayden.

Bayden shu bilan birga Klintonga boqishni taklif qildi va u muammolarni hal qilishning yetarlicha rost variantlarini taklif qilayotganini ta'kidlab o‘tdi.

Bayden, shuningdek, pochta yozishmasi bo‘yicha mojaroga qaramasdan, Klinton hali ham saylovchilar ishonchini mustahkamlashi mumkinligini aytdi.

Avvalroq Federal qidiruvlar byurosi va AQSh adliya vazirligi Klintonni o‘z shaxsiy pochtasidan xizmat yozishmalarini olib borishda foydalanish ishi bo‘yicha abysiz deb tan olgandi.

2015 yilda Klinton AQSh Davlat kotibi bo‘lib ishlayotganda o‘z shaxsiy elektron pochtasidan xizmati yuzasidan yozishmalarni olib borishda foydalangani ma'lum bo‘lgandi. Bundan tashqari, Klinton bu lavozimni egallagan butun davrda ishchi pochtasi bo‘lmagani aniqlangan. AQSh Davlat departamenti Klintonning shaxsiy yozishmalarini chop etishga qaror qilgandi.

Top