17:59 / 12.07.2016
8416

Shvaynshtayger va Ana Ivanovich turmush qurdi

Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Bastian Shvaynshtayger dunyoning sobiq birinchi raketkasi serbiyalik Ana Ivanovichga uylandi.

2014 yildan buyon uchrashib yurgan juftlikning to‘yi Venetsiyada o‘tkazildi.

Nikoh marosimida murabbiy Yoaxim Lev, «Bavariya»ning sobiq prezidenti Uli Xeness va Germaniya terma jamoasi hujumchisi Tomas Myuller ishtirok etishgan.

Marosim yetti yulduzli mehmonxonada o‘tgan.

Ana Ivanovich - «Rolan Garros»-2008 turniri g‘olibasi hisoblanadi. U o‘sha mavsum WTA reytingida birinchi o‘ringa ko‘tarilgan.

Manba: Tribuna.uz

Top