22:54 / 13.07.2016
5935

Turkiya hukumati Istanbuldagi Oltin shox ko‘rfazi ostidan tunnel o‘tkazmoqchi

Foto: AP

Turkiya hukumati Istanbuldagi Oltin shox (Xalich) ko‘rfazi ostidan tunnel o‘tkazmoqchi. Hurriet gazetasining ma'lum qilishicha, joriy oy oxirida loyihani amalga oshirish uchun pudratchini tanlash bo‘yicha ishni boshlash rejalashtirilmoqda. Loyihaga ko‘ra, suv osti tunneli Turkiyaning iqtisodiy poytaxtining ikkita qadimiy mavzksi – Fotih va Boyo‘g‘luni bog‘lashi kerak. Taxmin qilinishicha, uzunligi 900 metrlik inshoot qurilishiga 700 kun talab qilinadi va u yakunlangandan keyin ko‘rfaz orqali o‘tuvchi, 1936-1940 yillarda qurilgan Otaturk ko‘prigi buzib tashlanadi. 

Istanbul rahbariyati rejalariga ko‘ra, tunnel ko‘rfaz ostidan 8,5 metr chuqurlikda o‘tadi va avtotransport uchun olti polosani o‘z ichiga oladi. Umuman, loyiha nafaqat yer usti harakatiga tushadigan, balki suvdagi harakatlanishga tushadigan yuklamani qamaytirishga qaratilgan, chunki kemalarning o‘lchamlarini cheklovchi ko‘prik buzib tashlanadi. Shuningdek, loyiha bilan ko‘rfaz sohili bo‘ylab kemalarni qo‘yish uchun olinuvchi pirslar qurish rejalashtirilgan.

Avvalroq shahar munitsipaliteti shaharning Yevropadagi qismida avtomobil tunnellari tarmog‘ini yaratish rejasini tasdiqlagandi. Avtomobil oqimlarini yer ostiga olib, shaharni Madrid va Barselona kabi tirbandliklardan ozod qilish mo‘ljallangan. 

Loyiha yaratuvchilarining fikricha, buning natijasida 300 mingdan ko‘proq avtomobil yer usti transport oqimidan olinadi, buning uchun 6 ta tunnel o‘tkaziladi. Haydovchilar bir hududdan ikkinchisiga goh yer ostiga kirib, goh yuzaga chiqib harakatlanadilar. Shaharning bir qator mavzelarini bog‘lovchi va transevropa avtomagistrali hamda g‘arbdan Bolgariya chegarasidan sharqda Erongacha cho‘ziluvchi, butun Turkiyani kesib o‘tuvchi avtostradaga chiquvchi tezkor avtoyo‘l paydo bo‘ladi.

Tunnellarning umumiy uzunligi 23 km ni tashkil qiladi, loyiha smetasi esa 800 mln dollarga baholanmoqda.

Oxirgi yillarda turk rahbariyati Bosfor bo‘g‘ozining ikki tomonida joylashgan hamda Yevropa va Osiyoni bog‘lovchi ko‘plab yo‘llar o‘tadigan Istanbulga tushadigan yuklamani kamaytirish uchun bir nechta katta miqyosdagi loyihalarni amalga oshirdi. Bosfor ostidan o‘tuvchi, 14,6 km lik avtomobil tunneli qurib bitkazildi, unga parallel ravishda "Marmaroy" temir yo‘l tunneli o‘tkazildi. Bundan tashqari, Istanbulda 4 ta avtomobil ko‘prigi qurildi. Aprelda Istanbul meri Qodir To‘pbosh shaharda qo‘shimcha 6 ta yangi metro liinyasi hamda suv ostidan o‘tuvchi, uzunligi 100 km lik yo‘lovchi tunneli qurish rejalarini e'lon qilgandi.

Top