00:48 / 15.07.2016
7630

AQSh Davlat kotibi Moskvaga yetib keldi

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Moskvaga Rossiya prezidenti Vladimir Putin va tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan muzokaralar o‘tkazgani Moskvaga yetib keldi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi muxbiri.

Uning aytishicha, Kerrining samolyoti Vnukovo-2 hukumat terminalida qo‘nishni amalga oshirgan.

Kerri o‘zining Moskvaga 14-15 iyuldagi tashrifi davomida Putiin va Lavrov bilan muzokaralar o‘tkazadi. Lavrovning aytishicha, u Kerri bilan Suriyadagi jangovor harakatlarni to‘xtatish rejimining bajarilishi muammosini muhokama qiladi.

Putin matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, Putin va Kerri o‘rtasidagi suhbatda Suriya, Ukraina va ikki tomonlama munosabatlar muhokama qilinadi.

Bu orada Rossiya tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Kerri Rossiyaga nima uchun kelayotganini bilmasligini aytgan.

Top