19:54 / 15.07.2016
4515

Poroshenko Savchenkoni BMT bosh kotibligiga tavsiya qilmoqda

Foto: EASTNEWS

Ukraina prezidenti Petro Poroshenko Ukraina Radasi deputati Nadejda Savchenkoning BMT bosh kotibi bo‘lishini xohlamoqda. Bu haqdagi xabar prezidentning shaxsiy saytida e'lon qilingan.

Nomzod nomini ko‘rsatish uchun 25 ming imzo kerak. E'lon berilganining uchinchi kunida Poroshenko atigi uchta imzo to‘pladi.

«Pan Gi Munning vakolati 2016 yil 31 dekabr kuni yakunlanadi. Bizningcha, bu o‘ringa eng munosib nomzod Nadejda Savchenko. BMT rahbari bo‘lish uchun talab qilinadigan rasmiy va norasmiy xususiyatlarning barchasi Savchenkoda bor. Sharqiy Yevropa va Ukrainadan hali hech kim BMT bosh kotibi bo‘lmagan. Buni tuzatadigan vaqt keldi»,- deyiladi saytda berilgan murojaatda.

Top