Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Putinni rossiyalik sayyohlarning xavfsizligi ta'minlanishiga ishontirdi
Foto: Reuters
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan bo‘lib o‘tgan telefon orqali suhbatda Turkiyada dam olayotgan rossiyalik sayyohlarning xavfsizligi ta'minlanishini ta'kidladi. Bu haqda Kreml rasmiy sayti xabar bermoqda.
«Rossiya prezidenti Turkiya bilan aloqalar yaxshilangandan keyin Turkiyaga dam olish uchun borayotgan sayyohlar soni sezilarli darajada oshganini ta'kidladi. U Turkiya hukumatidan rossiyalik sayyohlar uchun barcha xavfsizlik choralari ko‘rishini so‘radi. Erdo‘g‘an bu borada barcha zarur ishlar ko‘rilishini ma'lum qilgan»,- deyiladi Kreml xabarida.
Avvalroq ikki mamlakat rahbari tez orada o‘zaro uchrashuv o‘tkazishi haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
22:17 / 17.12.2025
O‘zbekiston dunyoda sayyohlar oqimi eng tez o‘sayotgan mamlakatlar qatoriga kirdi
10:47 / 17.10.2025
Toshkentda sayyohlar eng ko‘p boradigan tumanlar ma’lum bo‘ldi
20:05 / 05.05.2025
Xitoyda kuchli shamol sayyohlik kemalarini ag‘darib yubordi. 10 kishi halok bo‘ldi
23:43 / 23.04.2025