21:20 / 17.07.2016
7900

Erdo‘g‘an o‘z tarafdorlarini ko‘chalarda qolishga chaqirdi

Foto: Reuters

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an harbiy to‘ntarishga qarshilik ko‘rsatish uchun ko‘chalarga chiqqan tarafdorlarini tarqalib ketmaslikka chaqirdi. Bu haqda RIV «Novosti» xabar tarqatgan.

Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya hukumatiga qarshi yangi isyon istagan paytda yana tashkillashtirilishi mumkin, shu sababli odamlar ko‘chalarni tark etmasligi kerak.

"Biz o‘z maydonlarimizni bo‘sh qoldirmasligimiz, hech qayerga ketmasligimiz kerak. Bu 12 soat davom etadigan operatsiya emas", degan u harbiy to‘ntarish vaqtida halok bo‘lganlarning janoza marosimi vaqtida.

Turkiya hukumati harbiylarning to‘liq mag‘lub bo‘lganini ma'lum qilgan.

Hozirgacha harbiy fitnaga aloqadorlikda gumonlanib qo‘lga olinganlar soni 6000 nafarga yetdi.

Top