Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Joriy yilda Rossiya va Turkiya o‘rtasida charter reyslari amalga oshirilmaydi
Foto: Izvestiya
Rossiya sayyohlik firmalari uyushmasi ijrochi direktori Mayya Lomidzening bayonot berishicha, 2016-yilda Turkiya va Rossiya o‘rtasidagi charter parvozlari qayta yo‘lga qo‘yilmaydi, deb yozmoqda «Izvestiya» nashri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 14-iyulda Turkiya delegatsiyasi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda, Rossiya tomoni sayyohlarning xavfsizligiga oid masalani kun tartibiga chiqargan. Turkiya tomoni sayyohlar uchun xavfli joylarning ro‘yxatini taqdim etishini bildirgan.
Lomidzening aytishicha, Turkiyada harbiy davlat to‘ntarishiga urinish, Rossiya fuqarolarining ushbu mamlakatda hordiq chiqarishga bo‘lgan xohishini so‘ndirgan. Shu bois, Turkiyaga sayyohlik yo‘llanmalariga bo‘lgan talab ham keskin pasaygan.
Biroq, hozircha yo‘llanma xarid qilganlar ularni qaytarib berishga shoshilayotganlari ham yo‘q.
Mavzuga oid
16:17 / 31.01.2026
Rossiya Trampning iltimosiga qaramay Ukrainaga yana zarba berdi
14:27 / 31.01.2026
Kanada Rossiya hududida vizalar berishni to‘xtatdi
14:26 / 31.01.2026
Sirdaryoda pul uchun Rossiya armiyasiga yollangan 60 yoshli shaxs 5 yilga qamaldi
14:09 / 31.01.2026