Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy koreyalik KXDRga o‘tmoqchi bo‘lganlikda gumon qilinmoqda
Foto: Mikolaskova Lucie / CTK / Globallookpress.com
Seul shahri prokuraturasi KXDRga o‘tishga uringan Janubiy Koreya fuqarosiga ayblov e'lon qildi, deb xabar qilmoqda Yonxap agentligi.
Tergovchilarning fikricha, u xavfsizlik to‘g‘risidagi milliy qonun talablarini buzgan. Unga muvofiq, mamlakat fuqarolari hukumat ruxsatisiz shimoliy koreyaliklar bilan aloqa o‘rnata olmaydi. Bundan tashqari, KXDRga foyda keltiradigan xatti-harakatlarni sodir etishga haqlari yo‘q.
Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, 54 yoshli erkak 2013 yil sentabr oyida Xitoyga borib, u yerdan Shimoliy Koreyaga o‘tishga muvaffaqiyatsiz uringan. Bir oy o‘tgach, u KXDRning Pekindagi elchixonasiga murojaat qilgan. Biroq, unga rad javobi berilgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, u 2012 yili Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlaridagi qonunbuzarliklarni KXDR OAVga xabar qilmoqchi bo‘lgan.
Mavzuga oid
14:43 / 30.01.2026
Kim Chen In KXDRni “o‘zgartirish”ga va’da berdi
19:33 / 28.01.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimi korrupsiya tufayli qamoq jazosiga hukm qilindi
09:39 / 27.01.2026
Tramp Janubiy Koreya uchun bojlarni 25 foizgacha oshirishini e’lon qildi
21:47 / 26.01.2026