23:57 / 22.07.2016
6412

Sankt-Peterburgda yo‘lovchi avtobusi portlab ketdi

Google image

Sankt-Peterburgda yo‘lovchi avtobusi yonib, portlab ketdi. Oqibatda bir kishi halok bo‘ldi, deb ma'lum qilmoqda "Fontanka.ru".

Voqea 22 iyulda "Metrika" gipermarketi yonida sodir bo‘lgan. "PAZ" rusumidagi avtobus yonganda uning ichida yo‘lovchilar bo‘lmagan.

Nashrning mahalliy politsiyaga iqtibos keltirgan holda ma'lum qilishicha, yonib ketgan avtobus gaz-ballon qurilmasiga ega bo‘lgan va dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, muntazam yo‘lovchi tashishlar uchun ishlatilmagan.  

Yong‘in o‘chirilgandan keyn, avtobusda erkak kishining jasadi topilgan.

Top