16:49 / 22.07.2016
5224

Serbiya o‘z fuqarolariga Turkiyaga bormaslikni tavsiya etmoqda

Foto: RIA

Serbiya TIV o‘z fuqarolariga Turkiyaga bormaslikni tavsiya etmoqda. Bu haqda 22 iyul kuni Belgradda hukumatning birinchi vitse-prezidenti va tashkilot rahbari Ivitsa Dachich ma'lum qilgan.

Turkiyada sodir bo‘lgan g‘alayonlar sabab Serbiya mazkur qarorga kelgan. Hukumatning ta'kidlashicha, u “Turkiyadagi fuqarolari xavfsizligiga kafolat bermaydi”.

"Biz avvalgidek o‘z fuqarolarimizga Turkiyaga bormasliklarini tavsiya qilamiz. Agar borishga ahd qilishgan bo‘lsa, unda zarur xavfsizlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz. Jamoatchilik joylaridan uzoqroq yurishlari, doim yonlarida pasport bo‘lishi kerak. Zarur hollarda Turkiyadagi konsulligimizga murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi", — deb Dachichning so‘zlaridan iqtibos keltirib o‘tgan Serbiya radio va televideniyesi.

Top