Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod bo‘lishga roziligini bildirdi
Milliarder Donald Tramp rasman Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod bo‘lishga rozilik bildirdi, deya xabar qilmoqda Fox News.
«Men rozilik va tashakkur bilan Qo‘shma Shtatlar prezidentligi uchun mening nomzodimni ilgari surganingizni qabul qilaman», — deb murojaat qilgan Tramp safdoshlariga partiyaning Klivlend shahrida bo‘lib o‘tayotgan s'yezdida.
Qayd etish joizki, Trampning s'yezdda qilishi lozim bo‘lgan ma'ruzasi OAV ixtiyoriga avvalroq kelib tushgani bois, uni Politico va The New York Times nashrlari chop etishga ulgurgan.
Trampning aytishicha, mamlakat jinoyatlar va zo‘ravonliklarga duch kelayotgan bir vaqtda, siyosiy jihatdan bosiq bo‘lish juda qiyin. U shuningdek, 2017 yili yanvaridan xavfsizlik tiklanishiga va'da berdi.
Bundan tashqari, milliarder mamlakat tashqi siyosatining barbod bo‘lishida prezident Barak Obama va Demokratik partiyadan prezidentlik uchun nomzodlardan biri Hillari Klintonni ayblagan. Shu bilan birga, sobiq davlat kotibasining elektron pochtasi bilan bog‘liq mashmashani yana bir bor yodga oldi.
Avvalrq, Texas shtati senatori Ted Kruz, Respublikachilar s'yezdida chiqish qilib, o‘zining Trampni qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortganiga izoh bergan edi.
Mavzuga oid
23:09
AQSh eng yirik giyohvandlik imperiyalaridan birini yaratgan sobiq sportchini qo‘lga oldi
22:44
«Bosh reja bor, "B" reja yo‘q» – AQShning Yangi G‘azo rejasi tafsilotlari
22:37
AQSh rasman JSST tarkibidan chiqdi
14:35