Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 21:00 / 24.07.2016
16632
1 daqiqa o‘qiladi
Xitoydagi bog‘ga tashrif buyurganlarga yo‘lbarsning hujum qilishi videosi chop etildi
Foto: Videodan olingan kadr
Xitoyning CCTV News telekanali YouTube’da Pekin yaqinidagi bog‘ga tashrif buyurganlarga yo‘lbarsning hujum qilishi videosini chop etdi.
Fojia 23 iyulda Badalin yovvoyi tabiat bog‘ida yuz bergan. Amur yo‘lbarsi tashrif buyurganlar bog‘ xavfsizlik qoidalarini buzgan holda avtomobildan tushgan paytda ularga hamla qilgan.
Hamla oqibatida bir ayol voqea joyida halok bo‘lgan, yana bir ayol jarohat olgan.
Xitoy hukumati voqeani tergov qilish bo‘yicha ishchi guruh tuzdi, bog‘ ikki kunga yopib qo‘yildi.
