19:32 / 24.07.2016
8185

"Myunxenlik mergan"ning otasi politsiyaga ma'lumot berish uchun qo‘ng‘iroq qilgan

Myunxenda odamlarga o‘t ochib, ommaviy qotillik sodir etgan o‘smir Ali Dovud Sunbuliyning otasi videolarda o‘g‘lini tanib, Bavariya politsiyasi Robert Haymbergerga u haqida ma'lumot berish maqsadida qo‘ng‘iroq qilgan. Bu haqda N24 xabar tarqatgan.

Qayd etilishicha, gap otishma yuz berishi bilan jarayon hali tugallanmagan vaqtda internetda tarqalgan videolar haqida boradi.

Bundan oldingi xabarlarda ushbu jinoyatchi odamlar bilan muloqot qilishdan qo‘rqqani, ruhiy muammolari bo‘lgani haqida aytilgandi.

Top