Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 21:40 / 26.07.2016
9998
1 daqiqa o‘qiladi
Putin Xavfsizlik kengashi bilan Erdo‘g‘an tashrifining maslahatini qildi
Foto: RIA
Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat Xavfsizlik kengashi vakillari bilan Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘anning tashrifi borasida gaplashib oldi. Bu haqda prezident matbuot-kotibi Dmitriy Peskov xabar bermoqda.
Putin uchrashuv chog‘ida Erdo‘g‘an hamda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxular bilan o‘tkazilgan telefondagi suhbatlarni ham muhokama qildi. Bundan tashqari Putin Dmitriy Medvedev va Sergey Shaygu bilan uchrashib, turli masalar yuzasidan, jumladan, turli regionlardagi o‘rmon yong‘inlari haqida gaplashdi.