19:40 / 28.07.2016
3373

Termizda davlat ekologik ekspertizasining ahamiyati borasida davra suhbati o‘tkazildi

Termizda salbiy ekologik oqibatlarning oldini olishda davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish samaralari mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Joriy yilning o‘tgan davrida Surxondaryo viloyati davlat ekologik ekspertizasiga 860 loyiha taqdim etildi. Ulardan 761 tasiga ijobiy xulosa berildi. 98 tasiga qayta ishlab chiqish, joy relefiga to‘g‘ri kelmagani bois bitta obektning baholash loyihasini amalga oshirmaslik tavsiya etildi.

Tadbirda mo‘ljallanayotgan xo‘jalik va boshqa turdagi faoliyatni amalga oshirishdan oldin faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini aniqlashning ahamiyati, loyihalarni davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazishda obektlarning sanitariya himoya zonasini o‘rnatish, “Muhofaza etiladigan tabiiy hudud” maqomiga ega hududlardagi sub'yektlar tomonidan tegishli maxsus talablarga rioya etilishini ta'minlash, atmosfera havosini ifloslantiruvchi moddalarning me'yordan ortiq tashlanishiga yo‘l qo‘ymaslik, ishlab chiqarish va iste'mol chiqindilarini utilizatsiya qilish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Top