Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yerevandagi tartibsizliklar tufayli 165 kishi qo‘lga olindi
Foto: Sputnik
Armaniston poytaxtidagi Sari Tax tumanida va Xorenatsi ko‘chasida politsiya xodimlari 165 kishini qo‘lga olishdi. Bu haqida RIA "Novosti" ma'lum qildi.
Kuni kecha isyonchilar jangari guruh egallab olgan patrul-taftish xizmati (PTX) polki binosi yonidagi politsiya to‘sig‘ini buzib kirishga harakat qilishdi. Politsiya tutundan foydalanib, olomonni to‘xtatdi. To‘qnashuvlarda taxminan 60 kishi jabrlandi.
PTX polkining binosi 17 iyuldan beri prezident Serj Sargsyanning iste'fosini hamda "Ta'sis parlamenti" radikal muxolifat tashkiloti yetakchisi Jirayr Sefilyanni ozod qilishni talab qilayotgan jangarilar qo‘lida. Ular 27 iyuldan beri tibbiy xodimlar jamoasini garovga olishgan. Politsiya qurshab olgan hududda muntazam ravishda norozilik namoyishlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
19:52 / 19.01.2026
BAAda Shayx Zayd mukofoti sovrindorlari taqdirlandi
20:54 / 12.01.2026
Armaniston TIV targ‘ibotchi Solovyov bayonotlari tufayli Rossiya elchisini chaqirtirdi
09:45 / 30.12.2025
Armaniston va Turkiya vizaviy tartibni qisman soddalashtirdi
19:09 / 16.12.2025