10:45 / 30.07.2016
8395

Olimpiya halqalarini aks ettiruvchi olamshumul ko‘prik

Butun dunyo katta ishtiyoq bilan yozgi Olimpiya o‘yinlari 2016’ni kutayotgan bir paytda, Xitoy 2022 yilda Pekin shahrida o‘tkaziluvchi qishgi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ishlarini boshlab yubordi. Penda arxitektura firmasi o‘z asoschisi, avstriyalik arxitektor Kris Precht (Chris Precht) va Britaniyaning muhandislik kompaniyasi ARUP bilan birgalikda misli ko‘rinmagan ko‘prik The San Shan Bridge («Uch tog‘») loyihasini taqdim etdi. Maqsad — Pekinning markaziy qismini Chjantszyakou shahar okrugi bilan birlashtirish. 

Mazkur olamshumul qurilishning asosiy bezagi O‘yin emblemasi — beshta olimpiya halqasi hisoblanadi. Ushbu halqalar uchta balandlikni o‘zaro bog‘lab turadi. Rejaga muvofiq, 452 metrli ko‘prikning asosiy dizayni oq rangda bo‘ladi.  Bu esa o‘rmonli yerlar va Giu daryosining loyqa suvlari muhitida o‘zgacha bir ifoda baxsh etadi. 

Top