06:37 / 30.07.2016
5641

Rio-de-Janeyrodagi Olimpiya qishlog‘ida yong‘in chiqdi

Rio-de-Janeyroning g‘arbiy qismidagi Olimpiya qishlog‘ida yong‘in chiqdi. Bu haqda 29 iyulda Globo Esporte ma'lum qildi.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, voqea 29 iyul kechki payt Avstraliya terma jamoasi yashayotgan uyda yuz bergan. Voqea joyiga ikkita o‘t o‘chirish brigadasi kelgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, yong‘in uyning yerto‘la qismida boshlangan.  Yong‘in tufayli uyning zinapoya qismini tutun bosgan. Uyda yashayotganlar 30 daqiqaga evakuatsiya qilingan.

Hech kim jabrlanmagan. Avvalroq ko‘plab olimpiyachilar Olimpiya qishlog‘idagi sharoitlardan norozilik bildirishgandi. Jumladan, ular suvi oqib yotgan quvurlar, nosoz ishlovchi unitazlar, izolyatsiya qilinmagan elektr simlari va iflos pollardan shikoyat qilishgan.

Top