23:52 / 31.07.2016
13563

Garri Potter haqidagi navbatdagi kitob sotuvga chiqarildi

Foto:© www.pottermore.com

Yozuvchi Joan Roulingning sehrgar Garri Potter haqidagi 8-kitobi sotuvga chiqarildi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi. Savdolar 31 iyulda butun sayyora bo‘ylab mahalliy vaqt bilan yarimtunda boshlangan.   

Britaniyaning Waterstones kitob tarmog‘ining 140 do‘konida yangi kitobning premerasi munosabati bilan turli tanlovlar bilan maxsus kechalar bo‘lib o‘tdi. Kitobning chiqarilishi ayniqsa London, Edinburg va Manchester do‘konlarida katta tantana bilan nishonlandi. 
 
Yangi kitobning nomi "Garri Potter va lan'atlangan farzand" deb ataladi.

31 iyulda Londondagi Palace teatrida yangi kitob bo‘yicha sahnalashtirilgan spektaklning premerasi o‘tgani ma'lum qilingandi. Spektakl ssenariysini Rouling kitobi asosida dramaturg Jyek Torn yozgan, Jon Tiffani rejissyorlik qilgan. Spektakl ikki qismdan iborat bo‘lib, 5 soatga yaqin davom etgan.

Top