23:51 / 01.08.2016
8868

Turkiya sharqidagi portlashda 5 politsiyachi halok bo‘ldi

Google image

1 avgustda Turkiya sharqidagi Bingel viloyatida kurd jangarilari hujumi oqibatida politsiya maxsus kuchlarining 5 xodimi halok bo‘ldi. Bu haqda NTV turk telekanali ma'lum qildi. 

Jangarilar yo‘lga ko‘mib qo‘yilgan qo‘lbola portlovchi qurilmani politsiyaning zirhli transporti o‘tib ketayotganda masofadan turib harakatga keltirishgan. Zirhli mashina portlash zarbidan yonboshiga ag‘darilib qolgan.

Politsiyachilar og‘ir jarohatlar bilan yaqin oradagi shifoxonalarga yetkazilganlar. Ulardan 5 nafari halok bo‘lgan, 4 nafari omon qolgan, biroq ulardan 2 nafarining ahvoli og‘ir deya baholanmoqda.

Top