17:17 / 02.08.2016
10541

Qozog‘iston janubida ommaviy tartibsizliklardan keyin 34 kishi hibsga olindi

Foto: RIA Novosti

Qozog‘iston janubida politsiyachilar navbatdagi ommaviy janjallar ro‘y bermasligini ta'minlash maqsadida 34 kishini qo‘lga oldi. Bu haqda TASS axborot agentligi ichki ishlar bo‘yicha hududiy departament ma'lumotiga asoslanib xabar tarqatgan.

Qo‘lga olinganlardan kaltaklar va 5 litr benzin musodara etilgan. Huquq tartibot organlari xodimlari Janubiy Qozog‘iston viloyatining Maktaralsk tumanida operativ shtab tashkil qilgan.

2 avgust kuni noma'lum shaxslar Muratbayeva qishlog‘idagi uyga o‘t qo‘ygan. Zarar miqdori 52 ming tengega baholangan.

Politsiyachilar Asiq-ata qishlog‘ida yashovchi 30 yoshli kishini ushbu jinoyatda gumon qilib, qo‘lga olgan.

Shuningdek, noma'lum shaxslar guruhi Dixan qishlog‘ida ham 2ta uyni hamda uy oldidagi mashinani yoqib yuborishgan. Aybdorlar qidirilmoqda.

"Ichki ishlar organlari aybdorlarni qidirmoqda. Voqea joyiga viloyat hokimi va Ichki ishlar vazirligining birinchi o‘rinbosari borgan", deyilgan politsiya ma'lumotida.

Agentlikning qayd etishicha, tojikistonlik yigit qishloqlardan birida turuvchi qozoq oilaning voyaga yetmagan qizini zo‘rlagani haqidagi xabarlardan keyin ziddiyat kelib chiqqan.

Top