19:23 / 03.08.2016
5547

Hindistonda 2ta samolyot to‘qnashib ketishiga bir baxya qoldi

Hindistonda IndiGo aviakompaniyasining ikki samolyoti o‘zaro to‘qnashib ketishiga bir baxya qoldi.

RIA Novosti agentligining kompaniya matbuot xizmatiga asoslanib xabar qilishicha, 2 avgust kuni kechqurun Mumbaydan uchgan samolyot 100 m balandlikda atmosferadagi girdobli harakatga duch kelgan va boshqa havo kemasi yo‘liga chiqib qolgan.

"Tegishli ko‘rsatmalar asosida uchuvchilar o‘z vaqtida to‘qnashuvning oldini olishga muvaffaq bo‘lishdi", deyilgan xabarda.

Ikki samolyot yo‘lovchilarining jami soni 100 nafar bo‘lgan, ulardan hech biriga shikast yetmagan.

Top