Jahon | 09:53 / 03.08.2016
4705
2 daqiqa o‘qiladi

Klinton saylovchilar orasidagi nufuzi bo‘yicha Trampni 8 foizga ortda qoldirmoqda

AQSh prezidentligiga Demokratlar partiyasida nomzod bo‘lgan Hillari Klinton respublikachi raqibi Donald Trampni aholi orasidagi mashhurlik darajasi bo‘yicha ortda qoldirmoqda. Bu ko‘rsatkichlar Reyter buyurtmasiga ko‘ra Ipsos kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rov yakunlariga ko‘ra aniqlangan.

Bugungi natijalarga ko‘ra, saylovchilarning 43 foizi Klinton uchun, 35 foizi Tramp uchun ovoz berishini ma'lum qilgan, yana 9 foizlik kishi boshqa nomzodni afzal ko‘rishini bildirgan. Ijtimoiy so‘rov 28 iyul — 1 avgust kunlari o‘tkazilgan va unda 1,289 ming amerikalik ishtirok etgan.

Shu tariqa, Klinton xonim Trampdan avvalgi so‘rov natijasida qayd etilgan 6 punkt o‘rniga 8 punktga ustun kelmoqda. O‘tgan haftadan beri Klinton Demokratik partiya s'yezdi muvaffaqiyatli o‘tgani evaziga "bonus" qo‘lga kiritgani aytilmoqda. Uning raqibi Tramp esa dam olish kunlari vaqtida yana bir mojaro girdobida qoldi, u halok bo‘lgan amerikalik musulmon askar oilasi bilan munozaraga kirishgani uchun tanqidlarga ko‘mildi.

AQSh prezidentligi uchun saylov shu yilning 8 noyabrida o‘tkaziladi.