12:50 / 03.08.2016
3394

Telegram Eronning ommaviy xakerlik hujumi haqidagi ma'lumotni inkor etdi

Foto: TASS

Telegram messenjeri ma'muriyati OAVning akkauntlarga eronlik xakerlar tomonidan buzib kirilgani to‘g‘risidagi xabarni rad etdi. Bu haqida kompaniya saytida ma'lum qilindi

“Bir guruh kishilar ba'zi eron raqamlarining messenjerda registratsiyadan o‘tgan yo o‘tmaganligini tekshirgan va 15 million akkaunt uchun buni tasdiqlagan. Natijada faqat ochiq ma'lumotlar to‘plangan”, - deyiladi Telegram xabarida. Kompaniyada ma'lum qilishlaricha, messenjer telefon raqamlariga asoslangani tufayli istagan tomon raqamning tizimda bor yoki yo‘qligini tekshirishi mumkin. 

Eron hakerlik hujumi haqidagi ma'lumot

Bundan avval Reuters agentligi eronlik xakerlarning dunyodagi eng himoyalangan messenjerlardan biri hisoblanuvchi Telegram’ning o‘nlab akkauntlarini buzib kirganligi va Islom Respublikasidagi 15 million foydalanuvchilarning raqamlariga kirish huquqiga ega bo‘lishgani to‘g‘risida xabar bergandi. 

Manba mustaqil ekspertlar – Kolin Anderson va “Xalqaro amnistiya” huquqni himoya qilish tashkiloti texnik xodimi Klaudio Gvarniyeri ma'lumotlariga asoslangan. “Biz Telegram akkauntlari xavfsizligi buzilgan 12tadan ortiq holatni aniqladik”, - deydi Anderson. Uning so‘zlariga ko‘ra, xakerlar messenjerda eronlik huquq himochilari, jurnalistlar va bir qator amaldorlarning yozishmasini o‘qishga muvaffaq bo‘lishgan. 

Ekspertlarning taxminiga ko‘ra, mazkur vaziyatda xakerlar telefon kompaniyalari bilan kelishilgan holda ish olib borishgan. 
 

Top