Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
WSJ: AQSh amerikaliklarni qutqarish uchun samolyotini Eronga yashirincha yuborgan
AQSh prezidenti Barak Obama ma'muriyati yanvar oyida bortiga 400 mln dollarga teng turli mamlakatlar valyutalari ortilgan samolyotni xufyona ravishda Eronga yuborgan, deb xabar qilmoqda Wall Street Journal vaziyatdan xabardor amerikalik va yevropalik manbalariga tayangan holda.
Xabarlarga ko‘ra, bu yanvar oyida AQShning Eron Islom respublikasida qamoqda saqlangan 4 nafar fuqarosini ozod etish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Avvalroq, Eron OAV tarqatgan xabarlarga ko‘ra, mamlakat mudofa vazirligi bunday yirik miqdordagi to‘lovni tovon puli sifatida qabul qilishgan. Biroq, Amerika nashrining yozishicha, AQSh mulozimlari bu fikrni inkor etib, asirdagilarni ozod etish va katta miqdordagi pul o‘rtasida bog‘liqlik yo‘qligini ta'kidlashadi.
Umuman rasmiy ma'lumotga binoan, yuborilgan pullar, 1979-yili Eronga qurol-aslahalar yetkazib berish bo‘yicha bitimning buzilishi bilan AQShning rasmiy Tehronga to‘lashi lozim bo‘lgan 1,7 mlrd dollarlik tovon pulining bir qismidir.
Mavzuga oid
23:55 / 28.01.2026
Tramp oldida ojiz Amerika
20:50 / 28.01.2026
Tramp Eronni ogohlantirdi: «Vaqt tugab bormoqda»
20:09 / 28.01.2026
WSJ: Xitoy armiyasining eng yuqori martabali generali AQShga yadroviy sirlarni sizdirishda ayblanmoqda
15:09 / 28.01.2026