12:28 / 04.08.2016
4949

BMTning 12 davlati XKni KXDR raketa sinovlarini o‘rganishga chaqirdi

© RIA Novosti

Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a'zo 12 davlat Xavfsizlik Kengashining sanksiyalar qo‘mitasiga murojaat etib, KXDRning ballistik raketa sinovini o‘tkazgani to‘g‘risidagi ma'lumotlarni tekshirib ko‘rishga chaqirgan, deb xabar qilmoqda Frans Press agentligi, ixtiyoriga kelib tushgan qo‘shma murojaatga asoslangan holda. 

"KXDR yangi beqarorlashtiruvchi qurollar tizimini ishlab chiqishda davom etmoqda. BMT XK navbatdagi keskin javob choralarini ko‘rishga hozirlanishi kerak", — deyiladi murojaatda. 

Frans Pressning qayd etishicha, surishtiruv ishlari raketalarni ishlab chiqarishga aloqador shaxs va kompaniyalarni aniqlash va ularga qarshi keskin choralar ko‘rishga yordam berishi kerak.
 
AQSh, Yaponiya, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Fransiya, Malayziya, Yangi Zelandiya, Ispaniya, Ukraina, Urugvay va Senegal vakillari ushbu murojaatga o‘z imzolarini qo‘yishgan.

Top